Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

2 davlat Ukrainaga yordam berishdan bosh tortdi

2 davlat Ukrainaga yordam berishdan bosh tortdi

Polsha va Ruminiya Ukraina donini Yevropa orqali eksport qilishni kengaytirish haqidagi Kiyev so‘rovini rad etdi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Ukraina Qora dengiz orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda yuzaga kelayotgan muammolar fonida Yevropa orqali ko‘proq don olib chiqishga yordam so‘ragan. Kiyev, shuningdek, transport xarajatlari oshgani sababli 1,1 milliard yevro miqdorida mablag‘ zarurligini bildirgan.

Ukraina qishloq xo‘jaligi vaziri Taras Visoskiy shu hafta Bryusselga borib, Yevropa Ittifoqidan masalani hal qilishda yordam so‘ragan.

Uning aytishicha, hozir Ukraina eksportining yarmidan kam qismi Yevropa orqali temir yo‘l, avtomobil va daryo yo‘llari orqali olib chiqilmoqda. Agar vaziyat o‘zgarmasa, 2026 yilda 35 million tonnagacha qishloq xo‘jaligi mahsuloti Ukrainada qolib ketishi mumkin.

Sotilmay qolayotgan don va moyli ekinlar fermerlarda kelgusi yilgi ekish mavsumi uchun zarur mablag‘ yetishmasligiga olib kelmoqda. Vaziyat yaxshilanmasa, ekin ekiladigan maydonlar 35–40 foizga qisqarishi mumkin.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, Varshava va Buxarest Ukraina eksportini yanada ko‘paytirish uchun qo‘shimcha imkoniyat qolmaganini bildirgan.

Ruminiya qishloq xo‘jaligi vaziri Barna Tansoshning aytishicha, mamlakat uchun mahalliy fermerlar manfaatlari ustuvor bo‘lib qoladi.

Nashrga ko‘ra, Ukraina donining katta hajmda kirib kelishi va Dunaydagi suv sathining pastligi Ruminiya portlariga qo‘shimcha bosim bermoqda. Bu esa mahalliy fermerlarning o‘z mahsulotlarini sotish imkoniyatini cheklamoqda.

Financial Times iyul oyida Ukraina Qora dengiz orqali don eksport qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini yozgan edi. Bunga Rossiya dronlarining hujumlari sabab bo‘layotgani qayd etilgan.

Kiritildi: 01:00 05.10.2026. O'qildi: 4866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!