Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Putin Qodirovni eng yuqori harbiy unvon bilan taqdirladi

Putin Qodirovni eng yuqori harbiy unvon bilan taqdirladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga armiya generali harbiy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Chechnya Segodnya” agentligi xabar berdi. Qodirov bungacha general-polkovnik harbiy unvoniga ega edi.

”Rossiya Federasiyasi Qahramoni, general-polkovnik Ramzan Qodirov Axmatovichga navbatdagi oliy ofiser harbiy unvoni – armiya generali berilsin”, deyiladi Putin farmonida.

Shuningdek, Checheniston rahbariga qizil beret ham topshirilgan. Grozniy shahrida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida pogonlar va bosh kiyimni Rossiya Milliy gvardiyasi qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Viktor Zolotov taqdim etgan.

“Bundan uch kun oldin idoraviy maxsus kuchlar tashkil etilganining navbatdagi yilligini nishonladik, aynan shu bo‘linmada qizil beret topshirish an’anasi shakllangan. Huquq-tartibot qo‘shinlarining ushbu eng muhim ramzini armiya generali Qodirovga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, degan Zolotov.

Armiya generali – Rossiyada harbiy unvonlar bo‘yicha rasman yuqoridan ikkinchi o‘rinda turadi. Biroq amalda u eng yuqori harbiy unvon hisoblanadi, chunki Rossiya marshali unvoni 1997 yildan beri hech kimga berilmagan. Qizil beret – maxsus kuchlar harbiy xizmatchilari uchun alohida maqomni anglatuvchi bosh kiyim. U faqat bir qator o‘ta murakkab sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan harbiylarga beriladi.

Kiritildi: 02:00 05.10.2026. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!