Bu haqda Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sadikov "Vestnik Atomproma" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir maydonning o‘zida ham katta, ham kichik quvvatli reaktorlar birlashtiriladi.
Bunday yechim dunyo tajribasida hali kuzatilmagan.
Olim hududning seysmik faolligi xavf tug‘dirmasligini, zamonaviy reaktorlar zilzilaga o‘ta chidamli qilib loyihalanishini ta’kidlagan.
Atom energetikasi rivojlantirilishi e’lon qilingach, yurtimizda ushbu sohaga yoshlarning qiziqishi ham keskin ortgan.