Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Janubiy Koreya Ukrainaga "qo‘shimcha choralar" bilan tahdid qildi

Janubiy Koreya Ukrainaga "qo‘shimcha choralar" bilan tahdid qildi

Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon Ukraina Shimoliy Koreyalik ikki harbiy asirning Janubiy Koreyaga topshirilgani haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilgani yuzasidan rasmiy uzr so‘rashi kerakligini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Kiyev avval mahbuslarni topshirish haqidagi ma’lumotni oshkor qilmaslikni so‘ragan, biroq keyinchalik bunday kelishuv mavjudligini inkor etgan.

Prezident Li Chje Myon Shimoliy Koreyalik askarlar masalasi Koreya xalqi va davlatning sha’ni bilan bog‘liq ekanligini aytib, bu borada sukut saqlay olmasligini ta’kidladi.

"Agar Ukraina faktlarni inkor etishda davom etsa va rasman uzr so‘rashdan bosh tortsa, Seul qo‘shimcha choralar ko‘radi", — deb yozdi prezident X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 23 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, mamlakat rasmiylari Shimoliy Koreyadan asirga olingan ikki nafar harbiyni Janubiy Koreyaga topshirganini ma’lum qildi. Seul Kiyevni mahbuslarni topshirish haqidagi kelishuvning maxfiylik shartlarini buzganlikda aybladi.

Kiritildi: 23:50 04.10.2026. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!