Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Oltiariq tumanida kuchli shamol oqibatida gaz quvuri uzilib ketdi

Oltiariq tumanida kuchli shamol oqibatida gaz quvuri uzilib ketdi

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida kuchli shamol oqibatida gaz quvuri uzilib tushdi.

Hodisa 4 oktyabr kuni Oltiariq tumani «Bo‘ston» MFY Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, diametri 76 mm bo‘lgan o‘rta bosimli keltiruvchi gaz quvurining avtomobil yo‘li ustidan o‘tgan arkali qismi kuchli shamol oqibatida uzilib, yerga tushgan.

Avariyani bartaraf etish brigadasi tomonidan yo‘lga tushgan gaz quvuri qismi kesib olinib, xavfsiz joyga qo‘yilgan.

Hodisa natijasida 60 ta xonadonning tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Kiritildi: 23:55 04.10.2026. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!