Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

La liga. «Barselona» Yamalning goli evaziga «Selta»ni mag‘lub etdi (video)

La liga. «Barselona» Yamalning goli evaziga «Selta»ni mag‘lub etdi (video)

Ispaniyaning La ligasining 33-turidan o‘rin olgan bahsda «Barselona» o‘z maydonida «Selta»ni qabul qildi. «Kamp Nou» stadionida o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona golni 40-daqiqada Lamin Yamal kiritdi. 18 yoshli futbolchiga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun dastlab penalti belgilandi va hujumchining o‘zi undan samarali foydalandi. Aynan penalti tepilganidan keyin Yamal oyog‘ida og‘riq his qilib, maydonga yotdi. Shundan so‘ng u zaxiraga olindi.

Ikkinchi bo‘limda "Barsa" mehmonlar darvozasiga ikkinchi golni urdi. Ammo Ferran Torresning goli VAR yordamida bahsli tarzda bekor qilindi.

"Selta" esa hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo darvozabon Joan Garsiya yakkama-yakka vaziyatni xavfli bartaraf etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Barselona» 32 o‘yindan keyin 82 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Selta» esa 44 ochko bilan 7-o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda «Barselona» safarda «Xetafe»ga qarshi maydonga tushadi (25 aprel), «Selta» esa bir kun o‘tib «Vilyarreal» bilan bahs olib boradi.

Ispaniya — Primera. 33-tur
22 aprel 2026 yil, chorshanba.
«Barselona» — «Selta» 1:0
Gol:
Lamin Yamal 40'

Kiritildi: Bugun 06:15. O'qildi: 377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!