Ijtimoiy tarmoqlarda lolaqizg‘aldoqlarga shikast yetkazgancha keng dalada qo‘shiq aytilayotgani va mashinada gullarni payxon qilinayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Har ikki holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi inspektorlari (Ekopolisiya) tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish natijasida birinchi holatda tabiatga 6 million 592 ming so‘m zarar yetkazilganligi hisoblandi. Shuningdek, ikki nafar huquqbuzar A.J. va G. B. ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan (10 million 300 mingdan), jami 20 million 600 ming jarima belgilandi.
Ikkinchi holatda ham tabiatga 6 million 592 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Huquqbuzar M.R.ga nisbatan esa MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 50 baravari (20 million 600 ming so‘m) jarima tayinlandi.
Ikki holatda huquqbuzarlar jami 54 million 384 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.