Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Real” Kloppdan yuz o‘girdi

“Real” Kloppdan yuz o‘girdi

Madridning “Real” klubi nemis mutaxassisi Yurgen Kloppni jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash variantlarini ko‘rib chiqmayapti. Avvalroq The Athletic nashri madridliklar rahbariyati “Liverpul”ning sobiq murabbiyi nomzodini yuqori baholayotgani haqida xabar bergan edi.

- Menga ma’lum bo‘lishicha, Yurgen Klopp – bu imkonsiz variant. Hozir Kloppdan hayratda bo‘lganlar, buni unuting. Uning “Real”ga o‘tishi kutilmayapti.

Balki u sizlarga juda yoqar, u ajoyib murabbiy, lekin endi “Real” rahbariyati rejalariga kirmaydi. Uni imzolash rejalashtirilmagan, - dedi jurnalist Xosep Pedrerol El Chiringuito dasturida.

Yanvar oyidan beri “Real”ni bosh murabbiy Alvaro Arbeloa boshqarib kelmoqda. Biroq uning qo‘l ostida jamoa namoyish etayotgan o‘yin ham, ko‘rsatayotgan natijalar ham ko‘pchilikni qoniqtirayotgani yo‘q.

Kiritildi: Bugun 14:21. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!