Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Gvardiola golda Husanovni aybladi

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Arsenal»ga qarshi kechgan bahsdagi (2:1) Janluiji Donnarummaning xatosi haqida gapirdi.

O‘yinning 18-daqiqasida, Rayan Sherki gol urganidan ikki daqiqa ham o‘tmasdan, Donnarumma Mateush Nuneshning autdan tashlagan to‘pini tepib yuborishga harakat qildi. To‘p jarima maydonchasi burchagida darvozabonga bosim uyushtirayotgan Kay Xavertsning oyog‘iga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi.

«Husanov blokda yaxshiroq o‘ynashi va Xavertsga qarshi tajovuzkorroq harakat qilishi kerak edi. Ammo menga jamoaning reaksiyasi yoqdi — ular Donnarummani qo‘llab-quvvatlashdi.

Jamoa gol o‘tkazib yuborganidan keyin futbolchilar bir-biridan noliy boshlashini ko‘rsam, bu menga yoqmaydi», — dedi Gvardiola.

Kiritildi: 09:47 20.04.2026. O'qildi: 42019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!