Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres joriy mavsum tugagach, jamoani tuzilmaviy yangilashni rejalashtirmoqda.

Klub xo‘jayinining shaxsan o‘zi yozda jamoani tark etadigan sakkiz nafar futbolchi ro‘yxatini tuzdi.

Bu haqda Sport.es sayti xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinda o‘tgan yozda ketishi so‘ralgan yarim himoyachi Eduardo Kamavinga turibdi. Shuningdek, himoyachilar Fran Garsiya va Raul Asensio, yarim himoyachi Daniel Sebalyos ham klubni tark etishi rejalashtirilmoqda.

“Real” David Alaba va Daniel Karvaxal singari yoshi katta himoyachilar bilan yozda tugaydigan shartnomalarni uzaytirishni rejalashtirmayapti. Shuningdek, madridliklar Franko Mastantuono va Gonsalo Garsiya kabi yosh hujumchilarni boshqa klublarga ijaraga berish, yaxshi taklif bo‘lsa, sotib yuborish niyatida.

Ta’kidlanishicha, Vinisius Junior yoki Jud Bellingemdan biri sotilishi varianti ham istisno qilinmayapti.

Kiritildi: Bugun 13:57. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!