Angliya Premyer-ligasining 34-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Bernli» va «Manchester Siti» uchrashuvida hamyurtimiz Abduqodir Husanov o‘zining yuksak mahoratini namoyish etdi. «Shaharliklar»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahsda o‘zbekistonlik himoyachi maydondagi eng faol o‘yinchilardan biri bo‘ldi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Husanov 7.8 ball to‘plab, «Manchester Siti» tarkibida eng yuqori bahoga loyiq ko‘rildi. U hatto gol muallifi Erling Xoland (7.6) va jamoa sardori Bernardu Silva (7.1) kabi yulduzlarni ham statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldirdi. Himoyadagi tartibli o‘yin va ishonchli harakatlar evaziga Gvardiola shogirdlari o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi.
Quyidagi videoda Abduqodir Husanovning «Bernli»ga qarshi bahsdagi eng sara vaziyatlari, raqib hujumlarini qaytarishi va aniq paslari jamlangan. Tomosha qiling!