Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyaliklar Tuapse shahridagi holatni ekologik falokat deb baholab, uni Xirosima va Chernobil bilan taqqoslamoqda. Xabarlarga ko‘ra, ukrain dronlari hujumidan keyin shaharda neft yomg‘iri kuzatilmoqda, yirik yong‘indan chiqqan tutun esa allaqachon Sochi, Armavir va Stavropolgacha yetib borgan. Ekologlar Krasnodar navbatdagi xavf ostida ekanini aytmoqda.
Ayrim videolarda mahalliy aholi vaziyatga munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqlardagi keskin izohlardan norozi ekanini aytgan. Ular o‘zlarini oddiy odamlar sifatida ko‘rsatib, mojarodan birdek aziyat chekishini ta’kidlamoqda.