Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rayan Sherkini Premyer-liganing mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzod sifatida qarash kerakmi-yo‘qmi, degan savolga javob berdi.

«Tinchlaning. Xotirjam bo‘ling. U hali juda yosh... Iltimos, Sherkiga maqtovlarni kamaytiring», — dedi Gvardiola «Arsenal» bilan o‘yindan so‘ng.

Angliya Premyer-ligasining 33-turidan o‘rin olgan uchrashuv «Manchester Siti»ning «Arsenal» ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollardan biriga aynan Sherki mualliflik qildi.

Joriy mavsumda 22 yoshli fransuz barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 10 bor ishg‘ol etdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 14:52. O'qildi: 2440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!