Farrux Pulatovning aytishicha, Toshkentdagi 419 ta umumiy ovqatlanish korxonasi QQSdan qochish uchun o‘z nomiga yoki xodimlari nomiga YTT ochib, cheklarni ular nomidan bermoqda. “Biz bularni ko‘rib, bilib turibmiz hammasini. Ertaga tekshirish borgandan keyin xafa bo‘lasizlar. Shuning uchun iltimos, qonuniy ishlanglar”, — deya takidladi u. Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov profilaktik suhbatlar o‘tkazish uchun ushbu korxonalar ro‘yxatini so‘radi. Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev bu ro‘yxatni berishini aytdi.