Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gvardiolani olib qolish uchun 150 mln yevro: «Manchester Siti» transfer rekordini yangilamoqchi

Gvardiolani olib qolish uchun 150 mln yevro: «Manchester Siti» transfer rekordini yangilamoqchi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsum yakunida o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Fichajes nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, «shaharliklar» rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni loyihada qolishga ko‘ndirish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda.

Manchester klubi Gvardiolani olib qolish maqsadida unga «PSJ» yarim himoyachisi Joau Neveshni sotib olib berishga tayyor. Pep portugaliyalik iqtidor egasining o‘yin uslubiga yuqori baho berishi va uni o‘z jamoasida ko‘rishni istashi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, «Manchester Siti»ni parijliklar tomonidan belgilangan 150 million yevrolik narx ham to‘xtata olmayapti. Agar ushbu transfer amalga oshsa, bu klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Joau Nevesh joriy mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: Bugun 18:41. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!