Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kuba Venesuela kelajagi va Maduroning taqdiri yuzasidan AQSh rasmiylari bilan bog‘langan

Kuba Venesuela kelajagi va Maduroning taqdiri yuzasidan AQSh rasmiylari bilan bog‘langan

Kuba Venesuela kelajagi va Maduroning taqdiri yuzasidan AQSh rasmiylari bilan bog‘langan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

"Kuba hukumati vakillaridan ba’zilari Qo‘shma Shtatlarga murojaat qilgan. Ular o‘rtasida Maduro rejimisiz dunyo qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi haqida muzokaralar bo‘lib o‘tgan", deb yozadi nashr.

Avvalroq The Telegraph nashri Maduro Tramp bilan telefon orqali muloqotda Venesuela prezidenti lavozimini tark etish evaziga to‘plagan mablag‘laridan 200 million dollarga ega bo‘lishni, Kubadan boshpana olishni hamda o‘zi va yaqinlariga amnistiya berilishini so‘ragani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 09:12. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!