Kuba hukumati AQSh tomonidan harbiy operasiya o‘tkazilishi ehtimolini istisno qilmayapti. Mamlakat ehtimoliy harbiy to‘qnashuvlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Kubaning BMTdagi doimiy vakili Ernesto Soberon Gusman TASS agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Diplomatning aytishicha, Kubada har juma kuni mudofaa masalalariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi. Ularning maqsadi aholini mamlakat mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga tayyorlashdir.
Gusmanning ta’kidlashicha, AQShning yuqori martabali rasmiylari Kubani egallash, bombardimon qilish va yo‘q qilish haqida bir necha bor ochiq bayonot bergan. Shu sababli Kuba bunday tahdidlarga jiddiy yondashmoqda.