Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2026 1/8 finalida Ispaniyaga qarshi uchrashuv oldidan milliy jamoadagi faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savolga javob berdi.

«18 yoshimda terma jamoaga qo‘shilganimdan buyon shunday va bu hech qachon o‘zgarmaydi. Men har doim butun qalbim va borlig‘im bilan milliy jamoadaman. Maydonga tushamanmi yoki yo‘qmi, baribir jamoada muhim o‘rnim bor.

Bir necha yil avval aytganimdek, faoliyatimni o‘zim xohlagan paytda yakunlayman. Sizlar xohlagan vaqtda emas. Menimcha, bir xil savolni qayta-qayta berish vaqtni behuda sarflashdir. Bu mavzuga ortiqcha e’tibor qaratgim kelmaydi. Eng muhimi — ertaga yaxshi o‘ynash va keyingi bosqichga chiqishimizga ishonish», — dedi Ronaldu AS nashriga.

Portugaliya va Ispaniya o‘rtasidagi JCH-2026 1/8 final bahsi 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:40 05.07.2026. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!