Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Krishtianu Ronaldu Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda

Krishtianu Ronaldu Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda

Portugaliya terma jamoasi sardori va «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonidagi faoliyatini yakunlagandan keyin Lissabonning «Sporting» klubiga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sports.kz El Nacional nashriga tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Saudiya Arabistoni chempionatini tark etishni rejalashtirmoqda.

Xabar qilinishicha, Ronaldu mazkur turnirda Portugaliya terma jamoasi safida ishtirok etishni maqsad qilgan. U hozir ham jamoa sardori va hujum chizig‘ining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Jahon chempionatidan keyin esa hujumchi faoliyatini yana Yevropada davom ettirmoqchi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi uchun ustuvor variant — «Sporting»ga qaytish. Ronaldu aynan shu klubda 2000-yillar boshida professional faoliyatini boshlagan, shundan keyin u Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tgan edi.

Qayd etilishicha, futbolchining agenti Jorje Mendesh ehtimoliy transfer ustida allaqachon ish boshlagan. Shu bilan birga, Ronaldu hali ham «An-Nasr» bilan shartnoma bilan bog‘langan bo‘lib, u 2027 yilgacha amal qiladi.

Kiritildi: Bugun 20:05. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!