Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Kreml Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarni qayta boshlashga tayyor, ammo yangi takliflarda «foydali jihatlar kam»

Kreml Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarni qayta boshlashga tayyor, ammo yangi takliflarda «foydali jihatlar kam»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10 noyabrdan keyin Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini bildirgan. Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bu haqda Sankt-Peterburgda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan uchrashuvda aytgan. Shuningdek, Rossiya rahbari Yevropa Ittifoqi va Ukraina tomonidan taklif etilgan «yangi yondashuvlar» bilan tanishgan, biroq Ukrainadagi mojaroni hal qilish nuqtai nazaridan ularda «foydali jihatlar kam» deb hisoblagan.

Ushakovning ta’kidlashicha, Putin uchrashuv davomida Uitkoffga front chizig‘i xaritasini ham ko‘rsatgan. Uning aytishicha, xaritada Rossiya qo‘shinlari tashabbusni qo‘lda ushlab turgan hududlar aks ettirilgan.

Tomonlar, shuningdek, Rossiya va AQSh o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy loyihalarni ham muhokama qilgan.

Kiritildi: 20:58 21.10.2026. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!