Bugun 20 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirus! Diyorimizda yana rekord natija qayd etildi

Koronavirus! Diyorimizda yana rekord natija qayd etildi

Bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 743 nafari sog‘aydi. 

Jumladan, 441 nafari Toshkent shahridagi 17 ta shifoxonada, 152 nafari Toshkent viloyatida, 48 nafari Sirdaryo viloyatida, 33 nafari Andijon viloyatida, 16 nafari Surxondaryo viloyatida, 15 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Farg‘ona viloyatida, yana 13 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Buxoro viloyatida va yana 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 29 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 672 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 13 680 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
 

Kiritildi: 23:33 30.07.2020. O'qildi: 6688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!