Samarqandlik fuqaro pul evaziga Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Zamon" informasion dasturi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 56 yoshli fuqaro 2023 yilda Sankt-Peterburgga ishlash uchun borgan. Keyin esa pul uchun Rossiya fuqaroligini olib, harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan va Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan.
"2023 yil oktyabr oyida o‘ng va chap oyoqlarimdan yaralanganman. Shuning uchun O‘zbekistonga qaytganman", deydi fuqaro.
Tekshiruvlar natijasida fuqaroning telefonidan Rossiya qurolli kuchlariga ishga kirganligi to‘g‘risida harbiy guvohnoma, Rossiya pasporti topilgan.
Fuqaro 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.