G‘arb davlatlari prezident Zelenskiyning Ukraina NATOga qabul qilinmasa, yadroviy arsenal yaratilishi mumkinligi haqidagi so‘nggi bayonotidan jiddiy xavotir bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda .
Agentlikning ta’kidlashicha, Germaniyaning Bild gazetasi harbiy tahlilchisi Yulian Röpke Ukraina ma’muriyatidagi norasmiy manbaga tayanib, Kiyev bir necha hafta ichida Rossiya Federasiyasiga qarshi foydalanish uchun yadro qurolini yaratishga tayyorligini ma’lum qilgan. Tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, bu stsenariy mojaro yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davrga mo‘ljallangan va Ukraina Shimoliy Atlantika ittifoqiga qabul qilinmasligi, shuningdek, Rossiya Qurolli Kuchlarining keyingi harakatlari inobatga olingan. .
Shu bilan birga Britaniyaning The Telegraph nashri bu bayonot ko‘rgazmali xarakterga ega ekanligini, biroq unga jiddiy yondashish kerakligini ta’kidlaydi.