Bugun 17 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘liga igna sanchdimi?

Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘liga igna sanchdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilar igna sanchish bilan jazolanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan bolalar ombudsmani izoh berdi.

Aniqlanishicha, 14 oktyabr kuni Andijon viloyati Mirobod tumanida yashovchi E.S. (erkak) IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabning 1-sinfida tahsil olayotgan qizi G‘.O. (2017 yilda tug‘ilgan)ni o‘qituvchisi A.G. (ayol) qo‘liga igna sanchgani va hojatxonaga chiqarmasdan ruhiy tazyiq o‘tkazganini bildirgan.

Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jarohat darajasini aniqlash uchun voyaga yetmagan G‘.O.ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Kiritildi: 23:50 16.10.2024. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!