Bugun 20 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada ko‘p qavatli bino portladi

Rossiyada ko‘p qavatli bino portladi

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, Rossiyaning Tambov viloyati Kirsanov shahridagi besh qavatli uyda gaz chiqishi sabab portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohat olgan.

Qayd etilishicha, hodisa Kommunistik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida binoning to‘rtinchi va beshinchi qavatlari vayron bo‘lgan. Hodisa 150 kvadrat metr maydonni qamrab olgan va hozirgi paytda undan chiqqan yong‘in o‘chirilgan.

“Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilmoqda. Uyning evakuasiya qilingan aholisi uchun 60 o‘rinli vaqtinchalik turarjoy punkti tayyorlangan”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, hududiy Tergov qo‘mitasi voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismi (ehtiyotsizlik orqali ikki va undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Kiritildi: 23:50 19.10.2024. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!