Rossiyada neft, tabiiy gaz va ko‘mir kabi «shunchaki cheksiz» energiya resurslari bor, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Bu haqda Rossiya davlat rahbari BRIKS biznes-forumidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.
"Biz Xitoy bilan umumiy chegaraga egamiz, jahon siyosati, darvoqe, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar nuqtai nazaridan hech qanday o‘zgarishlarga duch kelmaymiz. Hech narsani chegaradan, dengizdan, okean orqali olib o‘tishning hojati yo‘q. Chegara umumiy, Rossiyada esa energetika resurslari cheksiz," - dedi u.