Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 8600 nafardan oshdi

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 8600 nafardan oshdi

Kongo Demokratik Respublikasida tasdiqlangan Ebola holatlari soni 8665 taga yetdi.

Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash instituti o‘z bayonotida e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, o‘lim soni 4178 taga yetdi, o‘lim darajasi esa 48,2% ni tashkil etdi.

"Ettita viloyat va 64 ta zararlangan tumanda choralar ko‘rilmoqda: 8665 ta tasdiqlangan holat, 890 ta bemor izolyasiya va kasalxonada, 2259 tasi esa tuzalib ketdi. Emlashda, ayniqsa Tshopo va Bas-Ueleda yutuqlar kuzatilmoqda", deyiladi bayonotda.

Avvalroq Kongo Demokratik Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Samuel Roje Kamba Ebola epidemiyasi to‘liq nazorat ostida ekanligini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 19:15. O'qildi: 99 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!