Polsha Ukrainaga taklif qilgan MiG-29 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlari hozirgi holatida jangovar harakatlarda foydalanish uchun yaroqsiz. Bu haqda Ukrainaning Varshavadagi elchisi Vasiliy Bodnar ma’lum qildi.
U Polshadagi RMF FM radiostansiyasi efirida chiqish qilib, ushbu qiruvchi samolyotlar modernizasiyaga muhtoj ekanini ta’kidladi.
"Bizga bu samolyotlarni modernizasiya qilish uchun mablag‘ kerak. Shundagina ulardan jangovar harakatlarda foydalanish mumkin bo‘ladi", — dedi Bodnar.