Kaya Kallas Italiyada AQSh vise-prezidentining hushtakbozlik bilan qarshi olinishini "Evropa mag‘ururligi"ning ko‘rinishi deb baholadi, deb yozmoqda Politico.
Milandagi Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida tomoshabinlar AQSh terma jamoasi paradida ekranda namoyish etilgan AQSh vise-prezidentini Jey Di Vensga norozilik bildirib, hushtak chalishgan edi.
Evropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning aytishicha, bu "Evropa g‘ururi"ning bir ko‘rinishi o‘laroq amerikalik siyosatchilar tomonidan Yevropaning keskin tanqid qilinishiga javob bo‘lgan.
Kallasning so‘zlariga ko‘ra, tomoshabinlar bu harakatlar orqali Yevropaning o‘z pozisiyasi borligini ko‘rsatgan.