O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon o‘g‘li Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Kasbiy ta’lim agentligining Moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.