Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Karim Benzema yana sobiq klubiga qaytishi mumkin

Karim Benzema yana sobiq klubiga qaytishi mumkin

Matbuotda Karim Benzema "Al-Ittihod" bilan shartnomasini uzaytirgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqdagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb yozadi Foot Mercato.

Manbaga ko‘ra, Benzema Jidda klubi bilan shartnomasini uzaytirmagan. Qolaversa, 37 yoshli futbolchi hali klubdan mehnat shartnomasini uzaytirish bo‘yicha rasmiy taklif olmagan.

Karim Benzemaning erkin agent maqomini olishi mumkinligi "Lion" muxlislariga yulduz futbolchining klubga qaytishiga umid qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema 2022 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan edi. "Al-Ittihod" safida fransuz 74 ta o‘yinda maydonga tushib, 49 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 23:28 10.12.2025. O'qildi: 452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!