Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Karim Benzema Saudiya Arabistonining boshqa klubiga ko‘chib o‘tdi

Karim Benzema Saudiya Arabistonining boshqa klubiga ko‘chib o‘tdi

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Karim Benzema «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tdi. Madridning «Real» klubi sobiq forvardi bilan shartnoma imzolangani haqida «Al-Hilol» matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar qildi.

Avvalroq OAV fransuz futbolchisi «Al-Ittihod» taklif qilgan yangi shartnomani rad etganini yozgan edi. Benzema Saudiya Arabistoni chempionatida 2023 yil yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda klub safida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol muallifi bo‘lgan.

Mish-mishlarga ko‘ra, Benzemaning «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tishiga «Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu qarshi chiqqan. Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni Davlat investisiya jamg‘armasi «Al-Nasr», «Al-Ittihod», «Al-Hilol» va «Al-Ahli» klublariga egalik qiladi.

Kiritildi: 11:30 03.02.2026. O'qildi: 1146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!