Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Karantin! Unni qimmat narxda sotayotganlar jazolanmoqda

Karantin! Unni qimmat narxda sotayotganlar jazolanmoqda

1990 yilda Pop tumanda tug‘ilgan YA.I. ismili fuqaro “koronavirusni birdamlikda yengamiz” deya bir maqsad bilan harakat qilayotgan xalqimizni emas xalqumini o‘ylab, un narxini asossiz oshirib sotayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Soliq xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida fuqaro YA.I. belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani va un mahsulotlari narxini sun’iy ravishda oshirib sotgani aniqlandi. Unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jami 1350 kg.,  umumiy qiymati 5700,0 ming so‘mlik un mahsulotlari huquqbuzarlik ashyosi sifatida masala qonuniy hal bo‘lgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi.

Shuningdek, tadbirlar davomida shu tumanda yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro M.R. fuqaro YA.I.ga “hamkasb” ekanligi aniqlandi. Ya’ni fuqaro M.R.ning ham belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy asosida un mahsulotlari narxlarini sun’iy ravishda oshirib sotayotganligi ma’lum bo‘ldi. Fuqaro M.R.ga nisbatan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi va unga tegishli bo‘lgan jami 1125 kg., umumiy qiymati 4680,0 ming so‘mlik un mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida masala qonuniy hal bo‘lgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi.

Har ikki holtada ham huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga faoliyatni qonuniy amalga oshirish bo‘yicha zurur tushuntirishlar berildi.

Kiritildi: 17:48 23.04.2020. O'qildi: 3315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!