Rossiyaning Kaliningrad viloyatida harbiy samolyot ishtirokida aviahalokat sodir bo‘ldi. Chernyaxovsk tumanida qulagan qiruvchi samolyotning ikki nafar uchuvchisi omon qolgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchilar samolyot yerga qulashidan oldin katapulta yordamida undan chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq ular turli darajada tan jarohatlari olib, harbiy gospitalga yotqizilgan.
Harbiy samolyot mahalliy qabriston yaqiniga qulagan. Ayrim ma’lumotlarda hodisa sodir bo‘lgan paytda bu yerda rossiyalik harbiy xizmatchining dafn marosimi o‘tkazilayotgani taxmin qilinmoqda.
Aviahalokatga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Hodisaning boshqa tafsilotlari ham ochiqlanmagan.