Jizzax viloyatida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 17 dekabr kuni soat 3:20 larda Sharof Rashidov tumani Sayxan mahallasi hududida, “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Samarqanddan Toshkent shahriga dori-darmon mahsulotlarini olib ketayotgan Isuzu bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan Howo yuk mashinasi tirkamasiga borib urilgan. Bunga Isuzu haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgani sabab bo‘lgan.
YTH oqibatida Isuzu haydovchisi, 1996 yilda tug‘ilgan SH.M. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.