Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jazirama yana cho‘ziladi: O‘zbekistonda harorat +48° gacha ko‘tariladi

Jazirama yana cho‘ziladi: O‘zbekistonda harorat +48° gacha ko‘tariladi

18–20 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi. Ayrim hududlarda havo harorati 46–48 darajagacha ko‘tarilib, kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Tezkor gidrometeorologik axborotga ko‘ra, 18–20 iyul kunlari respublika hududida jazirama ob-havo saqlanib qoladi.

Kunduzi havo harorati aksariyat hududlarda 43–45 darajagacha, janubiy va cho‘l mintaqalarida esa ayrim joylarda 46–48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Shuningdek, respublika bo‘yicha shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi prognoz qilingan. Ayrim hududlarda shamol tezligi sekundiga 20–22 metrgacha yetib, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Fuqarolarga kunning eng issiq vaqtlarida ochiq havoda uzoq qolmaslik, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish, bolalar va keksa yoshdagilar salomatligiga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

Kiritildi: 11:05 16.07.2026. O'qildi: 2111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!