Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Jarqo‘rg‘onda pedagoglar obodonchilik ishlariga majburlandimi?

Jarqo‘rg‘onda pedagoglar obodonchilik ishlariga majburlandimi?

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 56-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining obodonlashtirish va ta’mirlash ishlariga jalb etilgani videosi tarqaldi.

Unda pedagoglarga ko‘chalarni tozalash, yo‘l bo‘yidagi ayrim ob’ektlarni ta’mirlash va oqlash kabi ishlar topshirilgani haqida aytilgan. Shuningdek, maktab ta’miri bilan bog‘liq boshqa holatlar haqida ham murojaatlar bo‘lgan.

Tarqalgan xabarlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Hozircha pedagoglarning mazkur ishlarga qay tartibda jalb etilgani, ularga nisbatan majburlash holati bo‘lgan-bo‘lmagani hamda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilgani tekshirilayotgan ekan.

Inspeksiyaning rasmiy munosabatlarida ham ta’lim muassasalari xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga huquqiy baho berilishi qayd etilgan.

O‘rganish natijasida qonunbuzilish holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi.

Kiritildi: 21:20 20.09.2026. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!