Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

"Jahon chempionatida butun vujudim bilan O‘zbekistonga muxlislik qilaman" - serbiyalik sobiq futbolchi

"Jahon chempionatida butun vujudim bilan O‘zbekistonga muxlislik qilaman" - serbiyalik sobiq futbolchi

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga taraddudni davom ettirmoqda.

O‘z vaqtida "Paxtakor" safida ajoyib o‘yinlari bilan e’tirof qozongan Boyan Miladinovich O‘zbekiston terma jamoasi haqida gapirdi.

“O‘zbekiston terma jamoasini tarixda ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan chin qalbdan tabriklayman. Butun o‘zbek xalqi uchun bu ulkan g‘urur va faxrdir. Mening fikrimcha, "oq bo‘rilar" mazkur turnirning haqiqiy kashfiyotiga aylana oladi. Musobaqa juda qiyin o‘tishi aniq, biroq O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, guruhdan chiqa olishlariga ishonaman.

Fabio Kannavaroni dunyo futbolida hamma yaxshi taniydi. U o‘z vaqtida yuqori saviyada to‘p tepgani bois, bugungi kunda qo‘lostidagi shogirdlarinijuda yaxshi tushunadi va boy tajribasidan kelib chiqib tayyorlayapti. Yigitlar vatan sha’nini xalqaro maydonda munosib himoya qila olishadi deya olaman.

So‘zim yakunida barcha o‘zbek xalqini Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman. O‘zbekiston terma jamoasining g‘alabalari uchun hamisha duodaman.

Debyutant jamoa uchun eng muhimi — mamlakat nufuzini munosib himoya qilish. Hech narsadan qo‘rqmaslik kerak, chunki O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari eng yaxshilaridandir. Yigitlar maydonda butun borlig‘ini berib o‘ynashlari talab etiladi. Ushbu musobaqada o‘zbek futbolining haqiqiy mahoratini ko‘rsatish zarur. Hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilaman. O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov va vise-prezident Odil Ahmedov futbolchilarga nima deyish va ularni qanday ruhlantirishni juda yaxshi bilishadi. Bu galgi mundialda Serbiya qatnashmayotgani bois, butun vujudim bilan O‘zbekistonga muxlislik qilaman. Jamoa bilan birga g‘alabada quvonaman, mag‘lubiyatda kuyaman. Ishonaman, yigitlar muxlislarni xursand qila olishadi”, – dedi Miladinovich.

Kiritildi: Bugun 20:03. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!