Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jahon banki O‘zbekistonga 153 mln dollar imtiyozli kredit va grantlar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga 153 mln dollar imtiyozli kredit va grantlar ajratadi

Ekologiya vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash“ (RESILAND) loyihasini boshladi.

Qayd etilishicha, loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan 153 million dollar miqdorida imtiyozli kredit va grantlar ajratiladi.

Ushbu loyiha Markaziy Osiyoning beshta davlatida o‘rmonlar va degradasiyaga uchragan yerlarni tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha mintaqaviy dasturning bir qismi hisoblanadi.

Loyiha mamlakatning turli hududlarida landshaftlar barqarorligini oshirish va o‘rmonlarni qayta tiklash, shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan transchegaraviy tabiiy hududlarni qayta tiklash bo‘yicha hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan. Tegishli loyiha tadbirlari mamlakatning oltita hududida, jumladan, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshiriladi.

Loyiha hukumatga O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maqsadlariga erishishda yordam beradi. Ular orasida o‘rmonlar maydonini o‘n yillik oxirigacha 6,1 million gektarga yetkazish ham bor.

Erlari degradasiyaga uchragan hududlarga daraxtlar ekish orqali loyiha mahalliy landshaftlarning barqarorligini va oziq-ovqat tizimlarining mahsuldorligini oshiradi, aholining turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va shu sohada ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 02:57 07.04.2025. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!