Angliya chempionatining 32-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni mag‘lub etdi - 5:2.
Mezbonlar safida gollarga Kevin De Bryuyne, Omar Marmush, Mateo Kovachich, Jeyms Maketi, Niko O'Rayli mualliflik qildi. Mehmonlar safidan Eberechi Eze va Kris Richards gol urdi.
"Shaharliklar" safida hamyurtimiz Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.
"Siti" (55 ochko) Premyer-ligada 4-o‘ringa chiqib oldi. "Kristal Pelas" 43 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.