Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Italiyada norozilik kuchaymoqda

Italiyada norozilik kuchaymoqda

Italiyada qishki Olimpiya o‘yinlarida AQShning Immigrasiya agentlarini xavfsizlikni ta’minlashga jalb qilish rejalariga qarshi norozilik kuchaymoqda — CNN.

Telekanalning xabar berishicha, noroziliklar Qo‘shma Shtatlarda immigrasiya reydlari davomida Minneapolisda yuz bergan o‘lim bilan bog‘liq hodisalar fonida kuchaydi.

AQSh Immigrasiya va bojxona xizmatini (ICEd jalb qilish to‘g‘risidagi qaror Vashington tomonidan Olimpiya o‘yinlarga tayyorgarlik doirasida qabul qilingan.

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi CNN'ga ICE vakillari Italiyadagi Olimpiya o‘yinlarida xavfsizlikni ta’minlashini, ammo ular AQShdan tashqarida immigrasiya nazorati bilan shug‘ullanmasligini ta’kidladi. Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, Homeland Security Investigations bo‘limi xodimlari AQSh Davlat departamentining Diplomatik xavfsizlik xizmatini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘yinlardagi barcha operasiyalar Italiya rasmiylari nazorati ostida bo‘ladi.

Italiya Ichki ishlar vazirligi ham ICE xodimlari reydlarda ishtirok etadigan tezkor xodimlar emas, balki faqat diplomatik missiyalar doirasida ishlaydigan tergovchilar ekanini tasdiqladi. Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani amerikalik mutaxassislar ko‘chalarda patrullik qilmasligini, balki muvofiqlashtirish markazlarida ishlashini tushuntirib, norozilikni kamaytirishga urindi.

Biroq ko‘plab italiyalik siyosatchilar bunga keskin qarshi chiqdi. Italiyaning sobiq bosh vaziri Juzeppe Konte hukumatni "o‘z chegaralarini o‘rnatishga" va Italiyada ICE mavjudligiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirib, AQShdagi zo‘ravonlikdan keyin bunday tuzilmalar mamlakatda xavfsizlikni ta’minlamasligi kerakligini aytdi.

Milan meri Juzeppe Sala yanada keskinroq munosabat bildirdi. U ICE'ni "o‘ldiruvchi polisiya" deb atab, shaharga "bunday yordam kerak emasligini" ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!