Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Italiya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Italiya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaning yangi tayinlan elchisi Piyergabriyele Papadia de Bottinini qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

"Piyergabriyele Papadia de Bottini janoblarini Italiyaning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Uning ishonch yorliqlari nusxalarini olganimizdan so‘ng O‘zbekiston-Italiya strategik hamkorlik kun tartibidagi ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qildik. Tashqi ishlar vazirligi janob Elchini mamlakatimizdagi faoliyati davomida har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor".

55 yoshli diplomat Piyergabriyele Papia de Bottini 2020-2024 yillarda Italiyaning Toshkentdagi elchixonasini boshqargan Agostino Pinnaning o‘rniga tayinlandi.

Kiritildi: 11:15 05.12.2024. O'qildi: 1020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!