Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Istanbul Bashakshehir» jamoasi bosh murabbiyi Nuri Shaxin O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi, deya xabar qiladi Sports.kz Milliy Futbolimiz manbasiga tayanib.

«Eldor Shomurodov hozirda jahon darajasidagi hujumchi hisoblanadi. U hujumdagi barcha uch pozisiyada — markaziy forvard (9-raqam), shuningdek, chap va o‘ng qanotlarda ham o‘ynay oladi.

Shomurodovning to‘pni ushlab qolish, uzatmalar berish va o‘yinni taktik jihatdan tashkil qila olish qobiliyati jamoa uchun katta resurs hisoblanadi. Imkoniyat paydo bo‘lishi bilan u, albatta, gol uradi», — deya Shaxin so‘zlarini keltiradi telegram-kanal.

Qayd etish joiz, joriy yil iyul oyida Shomurodov «Roma» klubidan «Istanbul Bashakshexir»ga ijara asosida o‘tgan. Transferdan so‘ng u turkiyaliklar safida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:41 15.12.2025. O'qildi: 858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!