Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Isroildagi saylovlar: dastlabki natijalarga ko‘ra Netanyahu bloki oldinda bormoqda

Isroildagi saylovlar: dastlabki natijalarga ko‘ra Netanyahu bloki oldinda bormoqda


Isroil parlament saylovlarida ovozlarning 42 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng, amaldagi Bosh vazir Binyamin Netanyahu bloki yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Times of Israel nashri xabar bermoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat rahbari boshchiligidagi koalisiya Knessetda (parlament) 57 ta o‘ringa ega bo‘lishi kutilmoqda. Muxolifat bloki esa hozircha 47 ta mandatni qo‘lga kiritgan. Qolgan 16 ta o‘rin arab partiyalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumot uchun, mamlakatda yangi hukumatni shakllantirish uchun koalisiya kamida 61 nafar deputatning qo‘llab-quvvatlashiga erishishi zarur.

Rasmiy sanoq hali davom etyapti.

Kiritildi: 12:56 28.10.2026. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!