Isroil maxsus kuchlari bo‘linmalari Suriyaning Daraa viloyatidagi ikkita qishloqni tozaladi.
Bu haqda Al Mayadeen telekanali xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, yettita zirhli mashinada Isroil qo‘shinlari Yarmuk daryosidagi Masartiya qishlog‘iga kirishgan. Mahalliy aholining uylarini tintuv qilish paytida radikal guruhlarga mansublikda gumon qilingan ikki kishi hibsga olingan.
Xabarda ta’kidlanishicha, yana bir maxsus kuchlar bo‘linmasi Saysun qishlog‘ida operasiya o‘tkazdi, u yerda operasiya davomida qishloqqa olib boradigan yo‘llar to‘sib qo‘yilgan.