Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gvardiola: «Husanovni boshqa futbolchilar bilan adashtirmang...»

Gvardiola: «Husanovni boshqa futbolchilar bilan adashtirmang...»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola yaqindagina YECHLning eng tezkor futbolchisi deb topilgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida to‘xtalib o‘tdi. Pep o‘zbek himoyachisining tezligidan tashqari boshqa jihatlarini ham alohida e’tirof etdi.

«Birgina shu kuchli tomoni emas, Husanovni boshqa futbolchilar bilan adashtirmang. Unda tezlik ham, boshqa xislatlar ham bor. Uning to‘p bilan muomala qilishi borgan sari yaxshilanib bormoqda», — deydi Pep.

Murabbiy Husanovning mehnatkashligi va o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini yuqori baholadi: «O‘ylaymanki, uning o‘yini yanada takomillashadi. U yangiliklarga chanqoq. Yaqinda aytganimdek, «Siti» uzoq-uzoq muddatga yaxshi futbolchini qo‘lga kiritgan».

Kiritildi: Bugun 19:24. O'qildi: 801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!