Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukrainaliklar Donbassdan qo‘shinlarni bir tomonlama olib chiqishga rozi bo‘ladimi?

Ukrainaliklar Donbassdan qo‘shinlarni bir tomonlama olib chiqishga rozi bo‘ladimi?

Ukrainaliklar Donbassdan qo‘shinlarni bir tomonlama olib chiqishga rozi bo‘lmaydi — Zelenskiy.

Ukraina prezidenti bu haqda Axios nashriga telefon orqali bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zelenskiyning aytishicha, Vashington va Kiyev har qanday tinchlik kelishuvi Ukrainada referendum orqali xalq tasdig‘idan o‘tkazilishi kerakligi haqida kelishib olgan.

Zelenskiy agar kelishuv faqat Ukraina armiyasining Donbassdan chiqishini nazarda tutsa, lekin Rossiya qo‘shinlari ham hududdan olib chiqilmasa va mintaqa Moskvaga berilsa, ukrainaliklar bunday bitimni qabul qilmasligini bildirdi.

"Odamlar buni hech qachon kechirmaydi, hech qachon. Ular meni ham, AQShni ham kechirmaydi", — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar nega ulardan yana qo‘shimcha hududlardan voz kechish talab qilinayotganini tushunmayapti.

Shu bilan birga, prezident Ukraina xalqi janglarni hozirgi front chizig‘i bo‘yicha to‘xtatishga rozilik berishi mumkinligiga ishonchi komil ekanini aytdi.

Kiritildi: Bugun 17:02. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!