Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ramazonda rasmiy aniq vaqtni — UTC (UZ)ni real vaqt rejimida kuzatish mumkin

Ramazonda rasmiy aniq vaqtni — UTC (UZ)ni real vaqt rejimida kuzatish mumkin

Bugun O‘zbekistonda aniq vaqtni bilish oson va qulay. “Vaqt, chastota va O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi — UTC (UZ) birligi milliy etaloni” asosida ishlaydigan tizim mamlakatimiz rasmiy vaqtini shakllantiradi, saqlaydi va uzatadi.

Milliy vaqt shkalasi Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) tomonidan shakllantiriladigan Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC) bilan doimiy solishtirib boriladi. Bu esa O‘zbekiston vaqti xalqaro aniq vaqt tizimiga to‘liq mos ekanini bildiradi.

Ayniqsa, Ramazon oyida saharlik va iftorlik vaqtlarini adashmasdan belgilash muhim. Endi istalgan fuqaro www.aniqvaqt.nim.uz sayti orqali O‘zbekiston Respublikasining rasmiy aniq vaqti — UTC (UZ)ni real vaqt rejimida kuzatishi mumkin.

Aniq vaqt esa nafaqat kundalik hayotda, balki bank, aloqa, transport va energetika kabi muhim sohalarda ham barqarorlik asosidir.

Kiritildi: Bugun 18:16. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!