Amerikalik huquqshunoslar Rossiyaga nisbatan cheklovlarni olib tashlashning ehtimoliy variantlarini ishlab chiqdilar. Bu haqda "The Economist" nashri "Risk Advisory" konsalting kompaniyasi rahbari Patrik Lordga tayanib yozmoqda.
Lordning so‘zlariga ko‘ra, asosiy tayyorgarlik ishlari o‘tgan yozda — AQSh prezidenti Donald Tramp yangi muzokaralar jarayonini boshlash uchun Ukrainaga bosimni kuchaytirganidan so‘ng amalga oshirilgan.
"Boshqacha aytganda, tayyorgarlik ishlarining katta qismi allaqachon bajarib bo‘lingan", — deyiladi nashr maqolasida.