Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Max messenjeri Putinning oilasiga tegishliligi aytildi

Max messenjeri Putinning oilasiga tegishliligi aytildi

Rossiyada majburiy tarzda foydalanishga joriy etilayotgan Max messenjeri Putinning oilasiga tegishli shaxsiy aktiv hisoblanadi — jurnalistik surishtiruv.

Jurnalist Andrey Zaxarov o‘tkazgan surishtiruv natijasida ma’lum bo‘lishicha, Rossiya fuqarolari orasida WhatsApp va Telegram'ga muqobil sifatida faol targ‘ib qilinayotgan Max ilovasi, mamlakat prezidenti Vladimir Putinning oilasiga tegishli shaxsiy aktiv hisoblanadi.

Max messenjeri VK holdingiga tegishli bo‘lib, uning asosiy aksiyadorlaridan biri “Sogaz” sug‘urta kompaniyasi hisoblanadi. O‘z navbatida, "Sogaz"dagi ulushni Sankt-Peterburgdagi “Aksept” firmasi orqali Putinning amakivachchasi Mixail Shelomov nazorat qiladi. 2024 yilgi moliyaviy hisobotga ko‘ra, Shelomovning VK'dagi aksiyalari saqlab qolingan.

Mixail Shelomov 2000 yillarning boshida fotograf sifatida ishlagan, lekin Vladimir Putin hokimiyatga kelishi bilan u ko‘plab milliardlab aktivlar, jumladan, “Rossiya” banki va “Sogaz” aksiyalariga ega bo‘lib qolgan.

Kiritildi: Bugun 17:55. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!